Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • COVID-19 uchun PZR tahlilining elektron natijalarini olgan O'zbekiston fuqarolarining Rossiyaga kirish tartibi aniqlandi
    23.08.2021

    Bugun, 23-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston fuqarolari 2021-yil 1-sentyabrdan Rossiya hududiga  "COVID-l9siz sayohat" mobil ilovasiga PZR-testning manfiy ma'lumotlarini kiritish yo'li bilan kirish tartibi masalasiga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

    Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ma’sul xodimi M. G'iyosov hamda Tashqi mеhnat migratsiyasi agеntligi va Transport vazirligi vakillari ishtirok etdi.  

    Tadbirda COVID-19 uchun PZR testning manfiy natijalari haqidagi ma'lumotlarni “COVID-19siz sayohat”  mobil ilovasiga kiritish va test natijalarini olish orqali O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiyaga kirish tartibi haqida ma'lumot berildi.

    "COVID-19siz sayohat" dasturiga kiritiladigan natijalar uchun  "Gemotest" laboratoriyalari orqali test topshirish mumkin va bu bir qancha davlatlar orasidagi sayohatni osonlashtirish imkonini beradi.

    "COVID-19siz sayohat" mobil ilovasini AppStore yoki Google Play orqali yuklab olish mumkin. Sinov natijalarini QR -kod shaklida olish va qog'ozga chop etish mumkin.

     

    Manba: Axborot xizmati