Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida sayyor qabul o`tkazildi
    23.08.2021

    Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkazilib,  soha korxonalariga kelib tushgan  murojaatlar bilan ishlash jarayonlari o‘rganildi.

    Sayyor qabulda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Vazirlikning Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi, “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” DUK, “Uzkomnazorat” Surxondaryo viloyat hududiy inspeksiyasi hamda soha tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Sayyor qabul davomida 60 dan ortiq jismoniy va yuridik shaxslardan 30 dan ziyod murojaatlar kelib tushdi. Ularning barchasi nazoratga olindi.

    Shu bilan birga,  “O‘zbektelekom” AK Surxondaryo filiali hamda “O‘zbekiston pochtasi” AJ Surxondaryo filialidagi jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash jarayonlari o‘rganilib, murojaatlar bilan ishlovchi mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

     

    Manba: Axborot xizmati