Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Yakkasaroy tumanida umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tdi
    23.08.2021

    Yakkasaroy tumani Damariq MFYda Vazirlikning  korxona-tashkilotlari xodimlari umumxalq xayriya hashariga qatnashdi.

     “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida o‘tkazilgan ushbu xayrli tashabbus doirasida mahallalar, aholi yashash xonadonlari, ko‘p qavatli uy atroflari, guzar va xiyobonlar, ziyoratgoh va qabristonlar, ko‘cha va bolalar maydonchalarida keng obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.  Xayriya hashari doirasida  mahallalar atrofi obodonlashtirildi, yo'lak va ariqlar chiqindilardan tozalanib, tartibga keltirildi.

    Obodlik va ona tabiatga mehr timsoli bo‘lgan hashar tadbirlari vazirlik jamoasining ahil-inoqlik, birdamlik, mehr-oqibat kabi insoniy tuyg‘ularini yanada jonlanishiga katta  hissa qo'shadi.

    Manba: Axborot xizmati