Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahar Yangihayot tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
    20.08.2021

    Toshkent shahar Yangihayot tumani  “Gulzor” mahalla fuqarolar yig‘inida   Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi  mutaxassislari  ishtirokida  sayyor qabul o‘tkazildi.

    Bugungi kunda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini tezkorlik bilan ko‘rib chiqish va fuqarolarni muammosini hal etish, ertangi kunga ishonchini oshirish maqsadida tashkil etilayotgan sayyor qabullar muhim ahamiyat kasb etib, bugungi kunda kelib tushgan murojaatlar soha xodimlari tomonidan o‘z vaqtida qonuniy hal etib kelinmoqda.

    Toshkent shahar Yangihayot tumani, “Gulzor” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi uchun dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni o‘rganish hamda ularni hal etish yuzasidan tezkor choralar ko‘rish maqsadida Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining Toshkent shahar hududiy inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi  va idoralar rahbarlari hamda Toshkent viloyati “O‘zbektelekom” AK vakillari ishtrokida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.

    Ushbu sayyor qabulni o‘tkazishdan asosiy maqsad mobil aloqa qamrovini yaxshilash, Internet xizmatlarini sifatli joriy etish, pochta xizmatlari, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratishdir.

    Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, sayyor qabullarda asosan sifatli internet xizmatlarini joriy etish, simli telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulanish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fuqarolardan arizalar kelib tushgan. Tushgan murojaatlarni aksariyati ishchi gurux tomonidan shu kuning o‘zida joyiga chiqan holda o‘rganib chiqildi va aloqa tarmog‘idagi nosozliklar bartaraf etildi.

    Shuningdek, har bir murojaatchining murojaatlari o‘rnatilgan tartibda nazoratga olindi va ko‘rib chiqish uchun tegishli korxonalar rahbarlariga topshiriqlar berildi.

     

     

    Manba: Axborot xizmati