Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vazirligi xodimlari uchun vaksina olish tashkil qilindi
    18.08.2021

    Bugun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xodimlari orasida emlanmagan va vaksina olishni xoxlovchilar uchun COVID-19 ga qarshi vaksina olish jarayoni tashkil qilindi.

    COVID-19ga qarshi kurashishning eng samarali usuli unga qarshi emlanishdir. Ayni paytda yurtimizda ommaviy emlash jarayonlari davom etmoqda.

    Ta’kidlash lozimki, vaksinalar immunitet tizimini mustahkamlab, yuqumli kasallik tarqatuvchi viruslarga qarshi kurashishda ishtirok etadi. Biz faqatgina emlash orqali nafaqat o‘zimiz, balki atrofimizdagilarni ham himoya qila olamiz.

    Ma'lumot uchun: Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan e'lon qilingan #men_vaksina_oldim aksiyasi doirasida 7-avgust kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos COVID-19 ga qarshi vaksinasi bilan emlangan.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuxrat Sodiqov ham birinchilardan biri bo‘lib COVID-19 ga qarshi emlangan va vaksinatsiyaning barcha jarayonlaridan to‘liq o‘tgan.

     

    Manba: Axborot xizmati