Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Endilikda emlanganlikni tasdiqlovchi sertifikatni elektron tarzda olish mumkin
    18.08.2021

    Endilikda Yagona portal orqali “Koronavirusga qarshi emlash” uchun  elektron tarzda navbatga turish bilan birga, emlash to‘liq yakunlangach tegishli sertifikatni yuklab olish mumkin.

    COVID-19ga qarshi emlash bosqichlaridan to‘liq o‘tgan shaxslar maxsus sertifikat bilan davlat muassasalari, ovqatlanish joylari va ommaviy tadbirlarga tashrif buyurishlari mumkin.

    Shu o‘rinda yana bir qulaylik, mazkur xizmatdan my.gov.uz mobil ilovasi orqali ham foydalanib, istalgan vaqtda navbatga yozilish va elektron sertifikatni yuklab olish imkoniyati mavjud.

    Manba: Axborot xizmati