Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Buxoro viloyati Vobkent tumanida “Qo‘ng‘irot” pochta aloqa bog‘lamasining zamonaviy binosi foydalanishga topshirildi
    16.08.2021

    Buxoro viloyati Vobkent tumanida “O‘zbekiston pochtasi” AJning Buxoro filialiga qarashli “Qo‘ng‘irot” pochta aloqasi bog‘lamasining qayta ta’mirlangan zamonaviy va yangi binosi ishga tushdi.

    Prezidentimizning “Pochta aloqasi sohasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq bugun joylarda “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati hamda Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi hamkorligida yangi xizmat turlari yo‘lga qo‘yilmoqda.

    Yangi pochta binosida ko‘pgina qulayliklar yaratilgan bo‘lib, aholi uchun barcha turdagi pochta xizmatlari bilan birga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (my.gov.uz) 33 turdagi elektron xizmatlari ko‘rsatilmoqda.

     

    Manba: Axborot xizmati