eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” Qonuni to'g'risida ma'lumot berildi
    13.08.2021

    2021-yil 13-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PQ–4551-son qarori bilan tasdiqlangan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 8-bandi, Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʼyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 20-apreldagi 342-son qarori ijrosi boʼyicha IT Park rahbar va xodimlari ishtirokida oʼquv soati oʼtkazildi.

    Unda AKT vazirligi Markaziy apparati va hududiy filiallari, tizimdagi korxona, muassasa va tashkilotlar rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.

    O‘quv soati doirasida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” Qonunining mazmun-mohiyati mutahassislar tomonidan tushuntirib berildi.

    Mazkur ma’ruza bo'yicha tayyorlangan taqdimotni quydagi havola orqali yuklashingiz mumkin.