Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xalqaro yuk tashishlarda elektron plombalarni qo‘llagan holda avtotransport vositalarini kuzatib borish tizimini tajriba-sinovdan o‘tkazish uchun manfaatdor tashkilotlarni jalb etish bo‘yicha e’lon
    11.08.2021

    Xalqaro yuk tashishlarda elektron plombalarni qollagan holda avtotransport vositalarini kuzatib borish tizimini tajriba-sinovdan otkazish uchun manfaatdor tashkilotlarni jalb etish boyicha e’lon

    Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-iyuldagi “Xalqaro yuk tashishlarda elektron plombalarni qo‘llagan holda avtotransport vositalarni kuzatib borish tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 428-son Qaroriga asosan, “Elektron plombalar orqali O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga tovarlarning noqonuniy kirishining oldini olish hamda harakatlanayotgan tovar va transport vositalarini sifatli bojxona nazoratini ta’minlash bo‘yicha choralarni o‘z vaqtida ko‘rish imkonini beruvchi tovar va transport vositalarini kuzatish tizimini test rejimida joriy etish” bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi:

    Elektron plombalar bo‘yicha tajriba-sinov loyihasida qatnashadigan manfaatdor tashkilotlar tomonidan quyidagi shartlar amalga oshirilishi lozim:

    1. Elektron plombalar tizimi xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan dastlabki bosqichda beg‘araz asoslarda (bepul 3 oydan kam bo‘lmagan muddatga yoki 500 ta transport vositalarida) sinov tariqasida ishga tushirilishi.

    2. Elektron plombalar dasturiy ta’minoti va server yoki boshqa qurilma bilan ta’minlanishi (DBQda o‘rnatilishi);

    3. Elektron plombalar soni 50 (ellik) donadan kam bo‘lmasligi lozim.

    4. Elektron plomba tizimini amaliyotda foydalanish uchun Davlat bojxona qo‘mitasi va manfaatdor tashkilotlar o‘rtasida tuzilgan shartnoma talablari asosida amalga oshiriladi.

    Murojaat va takliflar 2021-yil 25-avgust kuni soat 18-00 ga qadar qabul qilinadi.

    Murojaat va takliflarning kelib tushish muddati Davlat bojxona qo‘mitasida ro‘yxatga olingan kun hisoblanadi.

    Takliflar Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan texnik talabnoma (ilova qilinadi) asosida taqdim etilishi lozim.

    Qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun +99878 120-76-00 (ichki raqam 53-35 va 53-07) telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

    Hujjatlar quyidagi manzilda qabul qilinadi: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi 3 uy, indeks 100003.

    Elektron plombalarni bojxona organlarida tajriba-sinovdan o‘tkazish uchun TEXNIK TALABNOMA

    Buyurtmachi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi

    Buyurtma nomi: elektron plomba, tizim va dasturi

    Foydalanish maqsadi: xalqaro yuk tashishlarda elektron plombalarni qo‘llagan holda avtotransport vositalari ustidan bojxona nazoratini o‘rnatish uchun

     

    №   Talablar nomi

    Elektron plomba uchun

    qo‘yiladigan talablar

    1.

    Elektron plomba

    qo‘llaniladigan soha

    Elektron plomba bojxona organlarida tovar va transport vositalari ustidan masofaviy bojxona nazoratini o‘rnatish jarayonida qo‘llaniladi                         
    2.

    1) Elektron plombalar quyidagi talablarga javob berishi shart

    2) 8 turdagi ogohlantirish signali

    - vintlar bilan o‘rnatilishi kerak emas;

    - burilish, tebranishni aniqlash;

    - to‘liq mobil aloqa bo‘lmagan joylarni o‘z xotirasiga yozib olish hamda aloqa paydo bo‘lishi bilan ma’lumotlarni uzatish;

    - batareyalarining quvvati kamida 10 (o‘n) sutkaga yetishi;

    - GPRS/SMS aloqasi orqali ishlovchi;

    - buyruq yordamida masofadan ochish;

    - namlikni himoya qilish IP67;

    - namlik 5% -99%;

    - saqlash harorati -40°C+80°C;

    - ishlash doirasi harorati -20°C+ 60°C;

    - GSM modullari chastota birligida (misol uchun: 850/900/1800/1900).

    - trosni kesish,

    - zarba berish,

    - qulfni ruxsatsiz ochish,

    -noto‘g‘ri parol terish,

    - geo hududga kirish (chiqish)

    marshrutni o‘zgartirish

    - batareyaning past darajasi,

    - orqa qopqoqni ochish.

    3. Elektron plombalar ishlatilishi Elektron plomba qo‘lda o‘rnatishga qulay bo‘lishi, plomba qiyinchiliklarsiz bir tekis mustahkam qulflanishi, plomba po‘lat arqonini (zanglamaydigan po‘latdan yasalgan po‘lat arqonli sim bo‘lishi lozim) qulflash paytida qisib qolmasligi lozim.