Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Suvdan maxsus foydalanishga oid ruxsatnomani onlayn tarzda olish mumkin
    09.08.2021

    Endilikda suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilishga oid  ruxsatnomani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron tarzda olish mumkin.

    Huquqiy hujjatga koʻra, ushbu ruxsatnoma suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilishni, shu jumladan, suvni olishni va oqova suvlarni oqizib yuborishni amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga tatbiq qilinadi.

    Jismoniy shaxslarning kommunal suv quvurlari va kanalizatsiyaning markazlashtirilgan tarmoqlaridan sutkasiga 5 m3gacha suvdan umumiy foydalanishida esa tatbiq etilmaydi.

    Ruxsatnoma olmasdan suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish taqiqlanadi.

    Batafsil ma’lumot uchun: https://my.gov.uz/uz 

     

    Manba: Axborot xizmati