Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Navoiy viloyatida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchilari taqdirlandi
    05.08.2021

    “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida uzbekcoders.uz platformasi orqali umumta’lim maktablari Informatika fani o‘qituvchilari uchun o‘tkazilgan tanlov natijasiga ko‘ra, TOP-100 ta o‘qituvchilar ro‘yxatiga kirgan Navoiy viloyatidan 22 nafar o‘qituvchilar taqdirlandi.

    “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchilarini taqdirlash marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Navoiy  viloyati hududiy boshqarmasi, Navoiy  viloyati hokimi, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi ishtirok etdi.

    “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan ushbu “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchilariga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan diplom hamda pul mukofotlari topshirildi.

    Manba: Axborot xizmati