Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “MyID” tizimi Prezident maktablari kirish imtihonlarida sinovdan o‘tkazildi
    03.08.2021

    “MyID”-raqamli identifikatsiya qilish tizimi Prezident maktablari kirish imtihonlarida sinovdan muvaffaqiyatli o‘tmoqda.

    “MyID”- raqamli identifikatsiya qilish tizimi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida va ilg‘or xorijiy tajriba asosida UZINFOCOM Yagona integratori tomonidan ishlab chiqildi.

    Tizim ishlash jarayonida nomzodning yuz tomonidan arizada ko‘rsatilgan fotosurat bilan qiyosiy autentifikatsiya o‘tkazilmoqda. Bu esa nomzodlarni almashtirish holatlarini va hujjatlarni tekshirish bo‘yicha ko‘p vaqtni tejash imkonini berdi. Mazkur tizim yordamida yuz mingga yaqin nomzodning ma’lumotlari qayta ishlandi.

    Ta’kidlash joizki, “MyID” tizimi muvaffaqiyatli ravishda bank sohasida foydalanilmoqda. Hozirgi kunda tizimda 40 mingdan ortiq foydalanuvchi ro‘yxatga olingan. Sinov davrida (joriy yilning may-iyul oylarida) tizim orqali 86,8 mingdan ortiq so‘rovnomalar qayta ishlandi.

    Manba: Axborot xizmati