Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Abituriyentlar ruxsatnomalarni onlayn tarzda olishlari mumkin
    30.07.2021

    2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish 2021-yilning 1-avgust sanasidan boshlanadi.

    Abituriyentlar ushbu ruxsatnomalarni “my.gov.uz” hamda “my.dtm.uz” saytidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olish mumkin. Unda test topshirish sanasi, joyi va shu kabi muhim ma’lumotlar qayd etilgan bo‘ladi.

    Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining “Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish xizmati” shaxsiy kabinetiga quyidagi havola orqali kirish mumkin:

     https://my.gov.uz/uz/service/259

     

    Manba: Axborot xizmati