Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Avtotransport vositalari oynasining tusini o‘zgartirish (qoraytiritish) uchun ruhsatnoma faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali beriladi
    30.07.2021

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori qabul qilindi.

    Unga ko‘ra, joriy yil 1-oktabrdan boshlab avtotransport vositasining oynasining tusini o‘zgartirish (qoraytiritish) uchun ruhsatnoma faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali beriladi.

    Qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga ko‘ra xaydovchi mustaqil ravishda avtotransport vositasining oynasining tusini o‘zgartirish (qoraytiritish) choralarni amalga oshiradi.

    Avtotransport vositalari orqa oynasining tusini, shuningdek, avtotransport vositalari old oynasining tepa qismi tusini 14 sm dan ko‘p bo‘lmagan polosa shaklida yorug‘lik o‘tkazuvchanligi cheklanmagan darajada o‘zgartirish (qoraytirish) ruxsatnomasiz, tasdiqlangan davlat standarti asosida amalga oshiriladi.

    Tonirovka uchun ruhsatnoma bir yil muddatiga taqdim etiladi. Ruhsatnomani olish uchun to‘lovni ariza topshirgandan so‘ng o‘n kun ichida amalga oshirish kerak.

     

    Manba: Axborot xizmati