Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Sirdaryo viloyati yoshlari o‘rtasida “Hack4Region” xakatoni o‘tkazildi
    25.06.2021

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi, IT Park, Sirdaryo viloyati hokimligi va viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari hamkorligida viloyatda ilk bor talabalar va iqtidorli yoshlar o‘rtasida “Hack4Region” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

    Ko‘rik-tanlov viloyat yoshlari, shu jumladan oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokida jamoat xavfsizligi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, transport, kommunal va xizmat ko‘rsatish sohalarini o‘z ichiga olgan “Smart sity” loyihasi bo‘yicha tashkil etildi.

    2 kun davom etgan tadbirda ishtirokchilar loyiha doirasida muayyan muammolarni hal qilish va sohalarni raqamlashtirishga oid loyihalarni taqdimot qildilar.

    Shuningdek, tadbir doirasida yoshlarning dam olish vaqtlarini maroqli o‘tkazish maqsadida sumo-robotlar jangi musobaqasi ham tashkil etildi.

    Ko‘rik-tanlov yakunida eng yaxshi loyihalarni taqdim etgan 3 ta jamoa g‘olib deb topilib, ularga viloyat hokimining qimmatbaho sovg‘alari va sertifikatlar topshirildi.

     

    Manba: Axborot xizmati