Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi
    24.06.2021

    Yoshlarning ijodiy-intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun sharoitlar yaratish, ularni kompyuter texnologiyalari hamda dasturlash sohasida bilim va ko‘nikmalarini oshirish va axborot texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida, Toshkent viloyatning Bo‘stonliq tumanida navbatdagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochilib, o‘z ish faoliyatini boshladi.

    Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi, “O‘zbekiston pochtasi” AJ Toshkent filiali, Bo‘stonliq tumani xokimligi, tuman xalq ta’limi bo‘limi, IT Park viloyat filiali rahbar va xodimlari, keng jamoa vakillari hamda tuman yoshlari ishtirok etishdi.Mazkur markaz zamonaviy kompyuter jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, kompyuterdan samarali foydalanish, dasturlash, dizayn, kompyuter grafikasi asoslari kabi ixtisoslashgan o‘quv kurslarni tashkil etish uchun mo‘ljallangan. Qisqacha qilib aytganda, o‘quv markazida aholi va yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida bilim egallashlari hamda malakasini oshirishlari uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

    Shu bilan birgalikda o‘quv markazida tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari va xodimlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakasini oshirishi rejalashtirilgan.

     

    Manba: Axborot xizmati