Mazkur hay'at yig'ilishida: 1. 2016 yilning birinchi yarim yilligida 2014-2016 yillarga mo‘ljallangan Tarmoq kelishuvining ijrosi to‘g‘risida; |
2. Vazirlikning Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi hamda tizimdagi korxona tashkilotlarning mazkur hududdagi tarkibiy bo‘linmalarida ijro intizomi holatini o‘rganish natijalari to‘g‘risida; |
3. TATUda ta’lim sifatini oshirish, ta’lim va ishlab chiqarish hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishi va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish choralari to‘g‘risida; |
4. Ta’lim muassasalarini ZiyoNET ta’lim hamda “Elektron ta’lim” tarmog‘iga ulash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda mazkur tarmoqlardan foydalanish tahlili haqida ma'lumot olish mumkin bo'ladi. Xohlovchilar ushbu hay'at majlisida ishtirok etishlari mumkin bo'ladi. |
Manba: Axborot xizmati