Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xorazm viloyatida yoshlar o‘rtasida kibersport musobaqalari o’tkazilmoqda
    22.06.2021

    Xorazm viloyatida joriy yilning iyun oyida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida yoshlar festivali tashkil etilmoqda.

    Xususan, festival doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi, IT-Park, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatning barcha shahar va tumanlaridagi Raqamli texnologiyalar o’quv markazlarida kibersportning “CS.GO” va “FIFA” yo‘nalishida yoshlar o‘rtasida musobaqalar o’tkazilmoqda.

    Bugungi kunga qadar Xorazm viloyatidagi 10 ta tumanda musobaqalar tashkil etildi. Musobaqa natijalariga ko’ra g’olib bo’lgan yoshlarga diplom va  esdalik sovg’alari topshirildi.

    Yoshlar oyligi davomida viloyatning yana 3 ta hududida kibersport musobaqalari o’tkazilishi rejalashtirilgan. 

     

    Manba: Axborot xizmati