Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Surxondaryo viloyatida yoshlar o‘rtasida kibersport musobaqasi bo‘lib o‘tdi
    21.06.2021

    Surxondaryo viloyatida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” nomli yoshlar  festivali  doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi  bilan hamkorlikda Termiz shahridagi Raqamli texnologiyalar o’quv markazida kibersportning “CS.GO” va “DOTA II” yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida musobaqa o’tkazildi.

    Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, “CS GO” yo’nalishida 1- va  2-o‘rinlarni Termiz shahrining “TOD” va “Uzmobile” jamoalari, 3-o’rin esa Qumqo’rg’on tumanining “90 PING” jamoasi qo‘lga kiritdilar.

    “DOTA II” yo’nalishida 1-o‘rinni  Denov tumanining “D-Town”  jamoasi, 2- va  3-o‘rinlarni Termiz shahrining “Toretto Family” va “Team Panda” jamoalari qo‘lga kiritdilar.  

    G‘olib jamoa a’zolari musobaqa tashkilotchilari tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

    Unga ko’ra 1-o’rinni qo’lga kiritgan jamoaga 8 mln. so’m, 2-o’rinni qo’lga kiritgan jamoaga 3 mln. so’m, 3-o’rinni qo’lga kiritgan jamoaga IT-Centerda 3 oylik bepul o’qish uchun vaucherlar berildi. Shu bilan birga “Bir million dasturchi” loyihasida ishlagan eng yaxshi o’qituvchi va “Nanodegree” grantida o’qiyotgan 2 nafar o’quvchilarga 1 million so’mdan pul mukofotlari topshirildi.

     

    Manba: Axborot xizmati