Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Navoiy viloyatida kibersport turi boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi
    21.06.2021

    Navoiy viloyatida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlar festivali boʻlib oʻtdi. Ushbu festival doirasida 50 dan ortiq tadbirlar tashkil etilib, uch kun davom etgan mazkur tadbirlarga jami besh yuz mingdan ortiq viloyat aholisi ishtirok etdi.

    Shuningdek, ushbu tadbirlar doirasida Kibersport musobaqasi tashkil etilib, viloyatning barcha tuman va shaharlaridan ushbu sport turiga qiziqqan 200 ga yaqin eng kuchli yoshlar bellashdilar. Yakuniy natijalarga koʻra, 1-oʻrinni Rayimov Abdulaziz (Navoiy shahri), 2-oʻrinni Aslonov Sardorbek (Karmana tumani) hamda 3-oʻrinni Mardonov Temur (Zarafshon shahri) qoʻlga kiritdi. Gʻoliblarga tadbir tashkilotchilarining diplom va qimmatbaho sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi.

    Manba: Axborot xizmati