Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qoraqalpog'iston Respublikasida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida faol o‘qituvchilar taqdirlandi
    24.07.2021

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Xalq ta'limi vazirligi tomonidan “One Million Uzbek Coders” loyihasi doirasida o'quv kurslarini yakunlagan o'qituvchilar orasida eng yaxshi “Informatika va axborot texnologiyalari fani o'qituvchisi” tanlovi o'tkazildi.

    Ushbu tanlovda g'oliblar orasida Qoraqalpog'iston Respublikasi maktablaridan 16 nafar o'qituvchi TOP-100 talikdan o'rin oldi.

    G’olib o’qituvchilar Qoraqalpog'iston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qoraqalpog'iston Respublikasi hududiy boshqarmasi boshlig'i, IT-Park xodimlari tomonidan tabriklandi hamda diplom va  pul mukofotlari topshirildi.

    Manba: Axborot xizmati