Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Murojaatnoma 2021: АKT sohasi oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalar
    18.01.2021

    2021-yil 18-yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun-mohiyati, unda jamiyat hayotining har bir soha va yo‘nalish, xususan axborot-kommunikatsiya sohasi oldiga belgilab berilgan vazifalarga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

    Davra suhbatida Vazirlik markaziy apparati boshqarma va bo‘limlari boshliq va xodimlari mazkur zaldan ishtirok etagan bo‘lsa, hududiy boshqarmalar, shuningdek, tizimdagi korxona va tashkilotlar rahbar hamda xodimlari videokonferensaloqa tizimi orqali qatnashdi.

    O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi Davron Muitov davra suhbatit ishtirokchilariga Murojaatnomaning mazmun-mohiyati, jumladan mamlakatimizni 2021 yilda yanada rivojlantirishga qaratilgan eng muhim vazifalar haqida batafsil maʼlumotlar berdi. Shuningdek, Murojaatnomada keltirilgan Prezident tashabbuslari viderolik shaklida namoyish etildi.

    Tadbirda Prezident Murojaatnomasida qayd etilgan asosiy yo‘nalishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi:

    • davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish;
    • qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yana-da isloh qilish;
    • iqtisodiyotni rivojlantirish;
    • ijtimoiy sohani rivojlantirish;
    • xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni taʼminlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat.

    Davra suhbati davomida joriy yilda asosiy eʼtibor sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni tizimli ravishda davom ettirish, raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat va raqamli infratuzilmani rivojlantirish hamda malakali kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilishi qayd qilindi.

    Jumladan, yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida talabgorligi yuqori bo‘lgan 60 ta xizmat, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida “E-qaror” elektron tizimi joriy etilishi, shuningdek, hududlarda IT-tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida mahalliy hokimliklar bilan birgalikda Nukus, Urganch, Namangan, Qarshi, Termiz va Toshkent shaharlarida ham AyTi-Park filiallari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi, AyTi taʼlimni yana-da rivojlantirish maqsadida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Toshkent viloyati filiali va hududlarda axborot texnologiyalari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan texnikumlar ish boshlashi, qolaversa, respublikadagi mavjud 82 ta umumtaʼlim maktabi negizida bosqichma-bosqich ITga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi maʼlum qilindi.

    Savol-javob va munozaralarga boy o‘tgan davra suhbati so‘ngida maʼruzachi qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi. 

    Manba: Axborot xizmati