Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Chekka hududlar zamonaviy aloqa liniyalari bilan ta’minlanmoqda
    16.07.2021

    "O'zbektelekom" AK tomonidan  ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, abonentlar sonini ko‘paytirish va ularga yuqori tezlikdagi Internet xizmati bilan ta’minlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishni davom ettirmoqda.

    Telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish, avvalambor, mis aloqa liniyalaridan optik tolali tarmoqlarga o‘tishni nazarda tutadi. Kabellar butun O‘zbekiston bo‘ylab, shu jumladan, chekka hududlarga ham qurilmoqda. Shuni ta’kidlash joizki, 2021-yilning birinchi yarmida Farg‘ona viloyatidagi deyarli 700 ming xonadonga optik tolali aloqa liniyalari orqali xizmat ko’rsatish imkoni yaratildi.

    Endi Farg‘ona, Marg‘ilon, Qo‘qon, Quvasoy shaharlari aholisi uchun optik tolali kabellar orqali yuqori tezlikdagi telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyati taqdim etildi. Bundan tashqari viloyatning Oltiariq, Qo‘shtepa, Bog‘dod, Buvayda, Beshariq, Quva, Uchko‘prik, Rishton, So‘x, Toshloq, O‘zbekiston,  Farg‘ona, Dang‘ara, Furqat, Yozyovon kabi bir qator qishloq tumanlarida ham optik tolali aloqa liniyalari yotqizilgan.

    Abonentlarga qulaylik yaratish va aholining keng polosali Internet xizmatlariga ulanishni osonlashtirish uchun "O'zbektelekom" AK abonent qurilmalarini bepul taqdim etish bo‘yicha maxsus aksiyalarni o‘tkazib kelmoqda. Bu qishloq hududida istiqomat qiluvchi aholi uchun telekommunikatsiya xizmatlariga ulanish hamda yangi texnologiyaga o‘tishni ta’minlaydi. 

     

    Manba: Axborot xizmati