Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATU va "O‘zbekkosmos" agentligi hamkorligida loyihalar amalga oshiriladi
    15.07.2021

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zbekkosmos» agentligi  o‘rtasida  uchrashuv bo‘lib o‘tdi.   

    Tashrif chog‘ida  iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish shuningdek, ilmiy-texnik, moddiy imkoniyatlar va kadrlar salohiyatidan to‘laroq foydalanish maqsadida, kosmik tadqiqotlar va texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarni birgalikda ishlab chiqish, shuningdek, kosmik texnologiyalar va uchuvchisiz uchish apparatlaridan olingan ma’lumotlarni qayta ishlash, ulardan foydalanish kabi masalalar muhokama qilindi.

    Shuningdek, kosmik texnologiyalar va uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida birgalikda ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish, kosmik texnologiyalar va uchuvchisiz uchish vositalari yordamida aero fotografiyasini amalga oshirish, uning natijalaridan foydalanishni ta’minlovchi musobaqalar va maqsadli dasturlar, ishlab chiqarish, TATU bazasida kosmos sohasida kompetentlik markazini ochish, O‘zbek kosmosi ilmiy laboratoriyasini ochish, ushbu sohaga yosh kadrlarni jalb etish bo‘yicha seminar-trening tashkil etilishi kabi loyihalar yuzasidan fikr almashinildi. 

    Manba: Axborot xizmati