O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan, TATU talabalari, professor o‘qituvchilari va ilmiy tadqiqodchillari o‘rtasida, "Yangi O‘zbekistonda AKTning jadal rivojlanishi" mavzusida maqolalar tanlovi o‘tkaziladi.
Tanlovda qatnashish istagini bildirganlar, joriy yilning 12-iyulidan 12-sentabrgacha respublikamizning gazeta va jurnallarida chop etilgan maqolalarini Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limiga topshirishlari mumkin.
Maqolalar Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, Isteʼdodlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi va “Maʼrifat” targ‘ibotchilar jamiyati tomonidan ko‘rib chiqiladi va 2021-yilning 15-sentabr kunigacha qabul qilinadi.
Tanlov g‘oliblari:
1-o‘rin uchun - 15 000 000 so‘m
2-o‘rin uchun - 10 000 000 so‘m
3-o‘rin uchun - 5 000 000 so‘m
shunigdek, uchta qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi o‘rinlar uchun 3 000 000 so‘mdan pul mukofotlari, diplom va turli sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.
Batafsil ma'lumot uchun:
+998997919630
Manba: Axborot xizmati