Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Namangan viloyatida soha korxonalari o‘rtasida futbol bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi
    08.07.2021

    Namangan viloyatidagi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish soha korxonalari hamda mobil aloqa operatorlarining bo‘lim va filiallari o‘rtasida mini futbol bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

    Musobaqada soha korxonalari xodimlaridan iborat 8 ta jamoa ishtirok etdi. Musobaqa yakuniga ko‘ra 1-o‘rinni “O‘zbektelekom” AK Namangan filiali loyiq deb topilgan bo‘lsa, 2-o‘rinni “O‘zbektelekom” AK “Uzmobile” filiali Namangan hududiy bog‘lamasi va 3-o‘rinni AT “Aloqabank” jamoalari egallashdi. Eng yuqori o‘rinlarni egallagan jamoalarga aloqa sohasi korxonalari kasaba uyushmasi qo‘mitasining turli darajadagi diplom hamda esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

    Manba: Axborot xizmati