Endilikda siz ortiqcha xarajatsiz, vaqtingizni tejagan holda o‘zingiz istagan davlat oliy ta’lim muassasalariga hujjatlaringizni topshirishingiz mumkin.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida «Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish» elektron xizmati ishga tushirilgan. Shu bilan birga hujjatlarni to‘plash va jo‘natish jarayonini osonlashtiradi. Chunki barcha kerakli ma’lumotlar avtomatik ravishda davlat ma’lumotlar bazalaridan olinadi.
Agar sizda elektron raqamli imzo yo‘q bo‘lsa, hoziroq uni Yagona portal orqali shakllantiring. Elektron raqamli imzosi borlar esa, ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Manba: Axborot xizmati