Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Surxondaryo viloyatida soha korxonalari o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tdi
    08.07.2021

    Surxondaryo viloyatidagi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish soha korxonalari hamda mobil aloqa operatorlarining bo‘lim va filiallari o‘rtasida mini futbol bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

    Musobaqada soha korxonalari xodimlaridan iborat 10 ta jamoa ishtirok etdi. Musobaqa yakuniga ko‘ra 1-o‘rinni “UCELL” Termiz hududiy bo‘linmasi loyiq deb topilgan bo‘lsa, 2-o‘rinni “O‘zbektelekom” AK “Uzmobile” filali Surxondaryo hududiy bog‘lamasi va 3-o‘rinni “O‘zbektelekom” AK Surxondaryo filiali jamoalari egallashdi. Eng yuqori o‘rinlarni egallagan jamoalarga aloqa sohasi korxonalari kasaba uyushmasi qo‘mitasining turli darajadagi diplom hamda esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

     

    Manba: Axborot xizmati