Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Navoiy viloyatida soha korxonalari o‘rtasida futbol bo'yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi
    06.07.2021

    Navoiy viloyatidagi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish soha korxonalari hamda mobil aloqa operatorlarining bo‘lim va filiallari o‘rtasida mini futbol bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur tashkil etilgan viloyat birinchiligida 12 ta jamoalar ishtirok etib, o‘zaro kuch sinashdilar. Musobaqa yakuniga ko‘ra, 1-o‘rinni “O‘zbektelekom” AK Navoiy filiali jamoasi, 2-o‘rin uchun AT “Aloqabank” jamoasi munosib deb topilgan bo‘lsa, jamoaviy o‘yini bilan 3-o‘rinni Navoiy viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati jamoasi egalladi. Eng yuqori o‘rinlarni egallagan jamoalarga aloqa sohasi korxonalari kasaba uyushmasi qo‘mitasining turli darajadagi diplom hamda esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

     

    Manba: Axborot xizmati