Respublika bo‘ylab yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, hozirgi kunda mehribonlik uyida yashaydigan barcha bolalar uchun IT markazlar tomonidan bepul kurslar tashkil etilmoqda.
Unda axborot texnologiyalari sohasiga qiziquvchi yoshlar kompyuter savodxonligi, veb dasturlash, grafika va dizayn asoslari, Arduino va LEGO Mindstorms asosida ishlaydigan mobil robotlar, Kibersport: CS: GO, Dota2, FIFA20 kabi yo‘nalishlarda tahsil olishlari mumkin.
Ushbu kurslarga o‘qish uchun mehribonlik uyida vasiylik ostida ekanligingizni tasdiqlaydigan ma’lumotnoma bilan o‘zingiz yashaydigan viloyatdagi eng yaqin IT markazga murojaat qilish kerak.
Manba: Axborot xizmati