Ochiq eshiklar kunida Amiti universitetidagi qabul jarayoni, mutaxassisliklari, o'qish narxi va chet elda o'qishni davom ettirish haqidagi ma'lumotlarga ega bo‘lish mumkin.
Axborot texnologiyalari sohasiga qiziqishi baland bo‘lgan maktab o‘quvchilari hamda sohaga qiziquvchi yoshlar tashrif buyurishlari, o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishlari mumkin.
Bundan tashqari, maktab o‘quvchilari ushbu universitetga sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib qabul qilinsalar, ular uchun yanada kengroq imkoniyatlar yaratilishi, kundan kunga sohaga bo‘lgan talab va taklifning ortib borishi, bu yerda yoshlar uchun yaratiladigan shart-sharoitlar ko‘lamining kengligi haqida ma’lumotlar beriladi.
Mazkur tadbir joriy yilning 9-iyul kuni soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.
Manba: Axborot xizmati