Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “O‘zimpeksaloqa” MCHJ tashkil topganiga 28 yil to‘ldi
    02.07.2021

    Bugun, 2-iyul kuni “O‘zimpeksaloqa” MCHJ tashkil topganiga 28 yil bo‘ldi.

    “O‘zimpeksaloqa” MCHJ Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi korxonalarni  xorijiy davlatlar, banklar va yetkazib beruvchilarning kreditlari, hamda korxonalar mablag‘lari hisobidan moddiy-texnika resurslar, uskunalar, ehtiyot qismlar bilan ta'minlash bo'yicha xorijiy kompaniyalar bilan tuzilgan shartnomalar asosida eksport-import operatsiyalarini amalga oshiradi. Shu bilan birga tender va tanlov savdolarni tashkil etish, yuklarni bojxona rasmiylashtiruvidan o’tkazish va tashqi iqtisodiy faoliyat bo’yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatadi.

    Korxona tashkil etilganidan beri O‘zbekiston Respublikasida aloqa tarmoqlarini yaratish, modernizatsiya qilish va rekonstruktsiya qilish bo'yicha yirik loyihalarda ishtirok etib kelmoqda. Avtomat telefon stantsiyalarini raqamlashtirish, raqamli televizion eshittirishni tashkil etish, sun‘iy yo‘ldosh va radiorele aloqalarini tashkil etish, optik tolali aloqa liniyalarini yetkazib berish, ma‘lumotlarni uzatish tizimlarini yetkazib berish shular jumlasidandir.  

    Ushbu loyihalarni amalga oshirishda “O‘zimpeksaloqa” MCHJ telekommunikatsiya sohasidagi dunyoning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi.

    Xalqarо savdоda katta tajribaga ega xоdimlarning yuqоri malakasi, hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi dunyoning yirik kompaniyalari bilan ko‘p yillik aloqalar mavjudligi tufayli “O‘zimpeksaloqa” MCHJ telekommunikatsiya sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda ishоnchli hamkor bo‘lib xizmat qiladi.

     

    Manba: Axborot xizmati