Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Farg‘ona viloyati AKT sohasi korxona va tashkilotlari oʻrtasida futbol boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi
    01.07.2021

    Farg‘ona viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi korxona va tashkilotlarning viloyatda faoliyat yurituvchi bo‘linmalari va filiallari xodimlari o‘rtasida futbol boʻyicha musobaqa  o‘tkazildi.

    Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi va mas’ullar ishtirok etishdi. Musobaqada 8 ta soha korxonalari va tashkilot xodimlaridan  iborat jamoalar ishtirok etdilar. 1-o‘ringa “Aloqa bank” AT Qo‘qon filiali xodimlari loyiq deb topildi. 2-o‘rinni “O‘zbektelekom” AK Farg‘ona filiali egallagan bo‘lsa, 3-o‘rin “O‘zbektelekom” AK filiali Farg‘ona hududiy bog‘lamasi xodimlariga nasib etdi.

    Manba: Axborot xizmati