Sirdaryo viloyatida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi, viloyat hokimligi hamda viloyat teleradiokompaniyasi hamkorligida viloyatda “Sirdaryo yoshlari” mahalliy radiokanali tashkil etildi.
Radioaloqa, radioeshittirishlar va televideniye markazi – “RRTM” davlat unitar korxonasining Guliston radiotelevizion stansiyasi mutaxassislari tomonidan zaruriy texnik qurilmalar o‘rnatilib, 30-iyun kuni “Sirdaryo yoshlari” FM 90.6 radiokanali dasturlari sinov tariqasida efirga uzatildi.
Manba: Axborot xizmati