Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Sirdaryo viloyatida AKT sohasi korxona va tashkilotlari oʻrtasida futbol boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi
    29.06.2021

    Sirdaryo viloyatida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimiga kiruvchi korxona va tashkilolarining quyi bo`linmalari xodimlari oʻrtasida mini futbol (futzal) boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.

    Mazkur musobaqa xodimlar oʻrtasida sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, do`stona munosabatlarni shakllantirish va mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

    Musobaqada “Oʻzbektelekom” AK va “Oʻzbekiston pochtasi” AJ Sirdaryo filiallari, “Oʻzbektelekom” AK “TTT” filiali Uchinchi bogʻlamasi, Sirdaryo viloyati elektromagnit moslashuv xizmati va mobil aloqa kompaniyalari xodimlaridan iborat 8 ta jamoa ishtirok etdi.

    Qizg`in va murosasiz kechjan bellashuvda quyidagi g`oliblar aniqlandi: 1-o`rinni “O`zbektelekom” AK Sirdaryo filiali jamoasi, 2-o`rinni “O`zbektelekom” AK TTT filiali uchinchi bog`lamasi jamoasi, va 3-o`rinni “MobiUZ” MCHJ Sirdaryo viloyat bo`limi jamoasi egalladi.

    Musobaqada ishtirok etgan jamoalarga, shuningdek, eng yaxshi ishtirok etgan qatnashchilarga diplom va qimmatbaho sovg`alar topshirildi.

     

    Manba: Axborot xizmati