Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlarning Samarqand viloyat bo`linmalari o`rtasida musobaqa o‘tkazildi
    29.06.2021

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi korxona va tashkilotlarning Samarqand viloyatidagi bo`linmalari o`rtasida minifutbol musobaqasi o‘tkazildi.

    Mehnat jamoalarida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xodimlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga keng jalb etish maqsadida muntazam ravishda har yili o‘tkazib kelinayotgan minifutbol musobaqasida joriy yilda 11 ta korxona va tashkilotlar xodimlaridan iborat jamoalar ishtirok etdilar.

    Musobaqa yakunida “O‘zbektelekom” AK Samarqand filiali 1-o‘rinni, “O`zmobayl” filiali hududiy bog`lamasi 2-o‘rinni, Samarqand Elektromagnit moslashuv xizmati 3-o‘rinni egalladi. Shuningdek, 4 turdagi nominatsiyalar bo‘yicha jamoa va ishtirokchilar aniqlanib, barchalariga estalik sovg‘alari topshirildi.

    Manba: Axborot xizmati