Yoshlarning ijodiy-intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun sharoitlar yaratish, ularni kompyuter texnologiyalari hamda dasturlash sohasida bilim va ko‘nikmalarini oshirish va axborot texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Toshkent viloyatining Parkent tumani va Olmaliq shahrida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari o‘z ish faoliyatini boshladi.
Mazkur markazlar zamonaviy kompyuter jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, shinam xonalarga ega bo‘lgan yangi markaz zamonaviy kompyuter jihozlari, yuqori tezlikda ishlovchi internet tarmog‘i bilan ta’minlangan. Bu yerda tuman yoshlari uchun kompyuterdan samarali foydalanish, dasturlash, veb dizayn, kompyuter grafikasi kabi ixtisoslashgan o‘quv kurslarni tashkil etish uchun mo‘ljallangan.
Shu bilan birgalikda o‘quv markazida tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari va xodimlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakasini oshirishi rejalashtirilgan.
Manba: Axborot xizmati