Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent viloyatida AKT sohasi korxona va tashkilotlari oʻrtasida futbol boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi
    28.06.2021

    Toshkent viloyatida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi aksiyadorlik kompaniyalari, korxona, tashkilot va muassasalarining respublikadagi tarkibiy bo‘linmalari xodimlari o‘rtasida mini-futbol (futzal) sporti bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

    Musobaqada tizimdagi barcha soha korxonalari va mobil aloqa kompaniyalari xodimlaridan iborat bulgan jamoalar g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.

    Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad, axborot texnologiyalari sohasidagi korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommaviyligini ta’minlash, xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, salomatligini mustahkamlashdan iboratdir.

    Musoboqa so‘ngida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar Vazirlikning Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan taqdirlandi.

     

    Manba: Axborot xizmati