Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jizzax viloyatida AKT sohasi korxona va tashkilotlari oʻrtasida futbol boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi
    28.06.2021

    Jizzax viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi aksiyadorlik kompaniyalari, korxona, tashkilot va muassasalarining viloyatdagi tarkibiy boʻlinmalari xodimlari oʻrtasida mini futbol (futzal) boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi.

    Tadbirni oʻtkazishdan asosiy maqsad, axborot texnologiyalari sohasidagi korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan xodimlar oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni ommaviyligini taʼminlash, xodimlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, salomatligini mustahkamlashdan iboratdir.

    Musobaqada Vazirlikning Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi, “Oʻzbektelekom” AK Jizzax filiali, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ Jizzax filiali, AT “Aloqabank” Jizzax filiali, Samarqand RTUM Jizzax uchastkasi va mobil aloqa kompaniyalari xodimlaridan iborat 8 ta jamoa munosib ishtirok etdi.

    Musobaqa yakunida gʻolib jamoalarga diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.

     

    Manba: Axborot xizmati