Buxoro viloyatida “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida yoshlar festivali doirasida “Istiqbolli IT-loyihalar” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlov Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi, Buxoro viloyati hokimligi, IT Park Buxoro filiali, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamda Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.
Ushbu tadbirlarni tashkil etishdan asosiy maqsad - IT sohasida faoliyat yuritayotgan viloyat yoshlarini birlashtirish, ularning IT sohasidagi g‘oya va startaplarini qo‘llab quvvatlash hamda ularni hayotga tatbiq etishdan iborat.
“Istiqbolli IT-loyihalar” tanlovida viloyatning barcha shahar va tumanlaridan IT sohasiga qiziqadigan 70 nafardan ortiq yoshlar o‘zlarining IT-mahsulotlari bilan faol va yuqori qiziqish bilan ishtirok etishdi.
Tadbir davomida faol qatnashib, tanlov shartlariga asosan g‘olib bo‘lgan yoshlar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.