Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida shaffoflikni ta’minlashda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi
    25.06.2021

    2021-yil 25-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PQ–4551-son qarori bilan tasdiqlangan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 8-bandi, Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʼyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 20-apreldagi 342-son qarori ijrosi boʼyicha Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo'limi hamda Pochta aloqasi xizmatlari va logistikasini rivojlantirish bo'limi rahbar va xodimlari ishtirokida O'zbekiston Respublikasida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida shaffoflikni ta’minlashda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida oʼquv soati oʼtkazildi.

    Unda AKT vazirligi Markaziy apparati va hududiy filiallari, tizimdagi korxona, muassasa va tashkilotlar rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.

    O‘quv soati doirasida yurtimizda amalga oshirilayotgan choralar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Jumladan, “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmonining  mazmun-mohiyati to‘g‘risida so‘z yuritilgan. Jumladan, barcha davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Ochiq ma’lumotlar sifatida berilgan ma’lumotlar, OTMning bakalavriat va magistratura imtihonlari, ov qilish va ovchilik xo‘jaliklari to‘g‘risidagi axborot to‘g‘risida aytib o‘tildi.

    Ma’ruzani quyidagi havola orqali yuklashingiz mumkin.

     

    Manba: Axborot xizmati