Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida AKT sohasi korxona va tashkilotlari oʻrtasida futbol boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi
    28.06.2021

    Qoraqalpog‘iston Respublikasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi aksiyadorlik kompaniyalari, korxona, tashkilot va muassasalarining respublikadagi tarkibiy boʻlinmalari xodimlari oʻrtasida mini futbol (futzal) sporti boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi.

    Musobaqada tizimdagi barcha soha korxonalari va mobil aloqa kompaniyalari xodimlaridan iborat bulgan 12 ta jamoalar g'oliblik uchun bahs olib borishdi.

    Tadbirni oʻtkazishdan asosiy maqsad, axborot texnologiyalari sohasidagi korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan xodimlar oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni ommaviyligini taʼminlash, xodimlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, salomatligini mustahkamlashdan iboratdir.

    G'oliblikni qo'lga kiritgan futbol jamoalariga vazirlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi tomonidan diplom va qimmatbaho esdalik sovg'alari ulashildi.

    Manba: Axborot xizmati