Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Sodiqov Surxondaryo viloyati Boysun tumanida joylashgan Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘quv markazini tashkil etish uchun “O`zbektelekom” AK Boysun telekommunikatsiya bog`lamasining bo‘sh turgan binosi tanlab olinib, to‘liq ta’mirdan chiqarildi.
Mazkur markaz zamonaviy kompyuter jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, unda kompyuterdan samarali foydalanish, dasturlash, veb dizayn, kompyuter grafikasi asoslari kabi ixtisoslashgan o‘quv kurslarni tashkil etilgan.
Shu bilan birgalikda o‘quv markazida Boysun tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda xodimlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida o‘z malakasini oshirmoqda.
Manba: Axborot xizmati