Z.M.Bobur nomidagi Markaziy Ekopark hududida Axborot texnologiyalari kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan “ITWomen.Uz - 2021” o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan xotin-qizlarga sertifikatlarni topshirish marosimi hamda sport sog‘lomlashtirish tadbiri (1000 metrga yugurish marafoni) o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda “ITWomen.Uz - 2021” o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan hamda AKT sohasida o‘z faoliyatini yuritayotgan 200 nafar xotin-qizlar, Vazirlik Markaziy apparati, tizimdagi tashkilot va korxona xodimlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari J.Egamberdiyev hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining bo‘lim boshlig‘i o‘z kirish so‘zi bilan ochib berishdi.
Shu bilan birga, “ITWomen.Uz-2021” loyihasi doirasida mamlakatimiz xududlarida xotin-qizlar bilan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tayyorlangan taqdimot ishtirokchilar e’tiboriga havola qilindi.
Tadbirning 2-qismida Ayollar marafoniga start berilib ishtirokchilar 1000 metr masofaga yugurishdi. G‘olib qatnashchilarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Manba: Axborot xizmati