Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Prezident bir guruh OAV xodimlarini mukofotladi. Ular orasida AKT sohasini yoritadigan jurnalistlar ham bor
    26.06.2021

    27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq soha xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi. Ular orasida AKT sohasini yoritadigan jurnalistlar ham bor.

    27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq  Qosimov Zafarjon Olimjonovich – “Xabar.uz” axborot-tahliliy portali muxbiri hamda Nasimov Baxtiyer Azimovich - Toshkent shahri «Coscom» mas’uliyati cheklangan jamiyatining jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i, bloger “Shuhrat” medali bilan taqdirlandilar. 

    Yuksak  mukofot sohiblarini Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish  vazirligi jamoasi  tabriklaydi.  Ularning kelgusidagi ishlariga rivoj va ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

     

     

    Manba: Axborot xizmati