Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekiston tumanida zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari yo‘lga qo‘yilmoqda
    24.06.2021

    Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanining “Oqmachit” MFY va “Kichik oqmachit” MFY hududida “O‘zbektelekom” AK Farg‘ona filiali tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlarini tezkor hamda sifatli aloqa va internet tarmog‘i bilan ta’minlash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.

    Jumladan, mahallalar hududida joriy yil boshidan 12 kmdan ortiq optik tolali aloqa tarmog‘i tashkil etilib, GPON texnologiyasi asosida aholiga sifatli telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish imkoniyati yaratildi. Hozirda ushbu hududdagi mijozlar soni 110 nafardan oshgan.

    Bundan tashqari, eskirgan aloqa tayanch ustunlari o‘rniga 38 dona yangi turdagi temir beton tayanch ustunlari o‘rnatildi.

    “Oqmachit” MFY va “Kichik oqmachit” MFY hududiga kelgusida 10 kmdan ortiq optik tolali aloqa tarmog‘i qurish orqali mijozlar sonini 300 tadan oshirish rejalashtirilgan.

     

    Manba: Axborot xizmati