Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi akademik litseyining 2020-2021-o‘quv yili bitiruvchilariga diplomlar topshirildi.
Tadbir davomida "Yosh sportchilar" to‘garagining "Qilichbozlik" yo‘nalishi bo‘yicha ulkan zafarlarga erishgan, O‘zbekiston chempionati sovrindori B. Sobirjonov hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligining “Axborot texnologiyalar” yo‘nalishi bo‘yicha stipendiyasi sohibi J.Yusupovlar faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.
TATU rektori B.Mahkamov pedagog va bitiruvchilarni erishgan yutuqlari bilan tabriklab, oldinda turgan katta hayotdagi ishlarida omad va ijodiy zafarlar tilagan holda, iqtidorli yoshlarga tashakkurnomalarni topshirdi.
Manba: Axborot xizmati