Toshkent shahrida joylashgan Amity universitetiga 2021-2022-o‘quv yili uchun qabul jarayoni davom etmoqda. Joriy yilning 12-iyul kuni ikkinchi kirish imtihonlari bo‘lib o'tadi.
Ushbu universitetda talabalar global ta’lim standartlariga asoslangan kurslarda ta’lim olish, yuqori malakali chet ellik o‘qituvchilardan tahsil olish, chet davlatlar talabalari bilan almashinuv dasturidan foydalanish, O‘zbekistondagi yirik kompaniyalarda amaliyot o‘tash imkoniyatini qo‘lga kiritish, yetakchi mutaxassislar tomonidan ma'ruzalar va mahorat darslarida kirish, Sanoat korxonalari va boshqa ko‘plab korxonalarga ekskursiyalarda qatnashish, boshlang‘ich startaplarni qo‘llab-quvvatlovchi inkubatsiya markazlarida amaliyot o‘tash kabi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar.
Hujjatlarni quyidagi havola orqali onlayn tarzda topshirish mumkin: https://amity.uz/admissionmicrosite/login.php
Ma’lumot uchun: “Amity” dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri bo‘lib, AQSh va Buyuk Britaniyaning mintaqaviy akkreditatsiyasiga ega bo'lgan universitetdir. Dunyoning 17 mamlakatida xalqaro kampuslariga, jami 175000 dan ziyod talaba va 6000 dan ortiq professor-o‘qituvchilar tarkibiga ega.
Amity universitetining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram: @AmityUniversityTashkent
Instagram: @amity_university_uz
Facebook: @amityuniversityuz
Rasmiy veb-sayt: www.amity.uz
Manba: Axborot xizmati