Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Buxoro viloyatida AKT sohasi korxona va tashkilotlari oʻrtasida futbol boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi
    23.06.2021

    Buxoro viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi aksiyadorlik kompaniyalari, korxona, tashkilot va muassasalarining viloyatdagi tarkibiy boʻlinmalari xodimlari oʻrtasida mini futbol (futzal) boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi.

    Tadbirni oʻtkazishdan asosiy maqsad, axborot texnologiyalari sohasidagi korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan xodimlar oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni ommaviyligini taʼminlash, xodimlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, salomatligini mustahkamlashdan iboratdir.

    Musobaqada “Oʻzbektelekom” AK Buxoro filiali, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ Buxoro filiali, “TTT” filiali Beshinchi bogʻlamasi, AT “Aloqabank” Buxoro filiali, Buxoro viloyati EMMX va mobil aloqa kompaniyalari xodimlaridan iborat 8 ta jamoa munosib ishtirok etdi.

    Musobaqa yakunida gʻolib jamoalarga diplom va estalik sovgʻalari topshirildi.

     

    Manba: Axborot xizmati