Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xorazm viloyatida yoshlar o‘rtasida “Xakaton” tanlovi o‘tkazildi
    22.06.2021

    Xorazm viloyatida 2021-yilning iyun oyi davomida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida Yoshlar oyligi o‘tkazilmoqda.

    Xususan, Yoshlar oyligi doirasida 22-iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi, TATU Urganch filiali, IT Park, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, A1Tech Group kompaniyasi bilan hamkorlikda TATU Urganch filialida viloyat yoshlari o‘rtasida axborot texnologiyalari va dasturlash sohasida “Xakaton” tanlovi o‘tkazildi.

    Tanlov taʻlim, tibbiyot, turizm, kommunal, logistika, xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida tashkil etildi.

    “Xakaton” tanlovida viloyatdagi yoshlar, shu jumladan oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etdilar. Tanlov davomida ishtirokchi yoshlarga tegishli yo‘nalishlarda mavjud muammolarni hal etish va sohalarni hamda ish jarayonlarini raqamlashtirishga oid loyihalarni taqdimot qildilar.

    Tanlov davomida eng yaxshi loyiha takliflarini taqdim etgan yoshlar g‘olib deb topildi. Tanlov yakunida barcha ishtirokchi yoshlar ragʻbatlantiruvchi sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

     

    Manba: Axborot xizmati